- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Mehnatni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 28-aprel kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda jamiyat va uning tizimidagi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha masʼul xodimlar, kasaba uyushmasi raislari hamda faollar ishtirok etdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Davra suhbatining asosiy maqsadi – “Xavfsiz va sog‘lom mehnat – barqaror rivojlanish kafolati” g‘oyasini keng targ‘ib qilish, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash hamda xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir doirasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 819-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Davra suhbatida baxtsiz hodisalarning oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va xodimlarda xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar taʼkidlaganidek, mehnatni muhofaza qilish sohasida tizimli ishlar olib borish ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va inson hayotini asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
