1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Mehnat xavfsizligi va ijtimoiy mas’uliyatga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

18

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni doirasida  ekspeditsiyalarda targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi. Ishlab chiqarish uchastkalari, laboratoriyalar va avtotransport xo‘jaligida mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda xodimlar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirlar davomida xodimlarga texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi, amaliy ko‘rgazmalar va instruktajlar tashkil etildi.

Shuningdek, ijtimoiy yo‘nalishda ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi, jarohatlangan xodimlarga yordam ko‘rsatildi.

Mazkur tadbirlar ish jarayonida xavfsiz  va sog‘lom mehnat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Jamoa bu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar