1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

MEHNAT MUHOFAZASINI BOSHQARISH TIZIMI BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI

34

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi geologlari ishtirokida mehnat muhofazasini boshqarish tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida MMBTning asosiy maqsad va vazifalari, xodimlarning tizimdagi o‘rni va mas’uliyati, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, rahbarlar va mas’ul xodimlarning mehnat muhofazasini ta’minlashdagi vazifalari, ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Alohida e’tibor geologiya-qidiruv ishlarini xavfsiz tashkil etish, ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etish masalalariga qaratildi.

Seminar yakunida xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda ish jarayonlarini xavfsiz tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar