- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Markaziy laboratoriyada “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-yil 3-sentabr kuni Markaziy laboratoriyada xodimlar ishtirokida “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasidan samarali foydalanishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda platformada ota-onalar uchun taqdim etilgan ta’limiy va tarbiyaviy materiallar, psixologik tavsiyalar, mutaxassislar maslahatlari va farzandlar bilan samarali muloqot qilishga oid foydali ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, platformadan ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish jarayoni amaliy misollar asosida namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari bilan oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida xodimlarga “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasi imkoniyatlaridan faol foydalanish, undagi foydali tavsiyalarni kundalik hayotda qo‘llash hamda sog‘lom va mustahkam oilaviy muhitni rivojlantirishga hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda mas’uliyatli ota-onalik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi..jpg)
.jpg)
