- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
MARKAZIY LABORATORIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-yil 12-avgust kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Markaziy laboratoriyaning 22 nafar xodimi ishtirok etdi. Ichki nazorat bo‘yicha mas’ul xodim G.A. Mirtalipova tomonidan qonunning asosiy mazmuni va talablari yuzasidan ma’ruza qilindi.
📌 Tadbir davomida:
— korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;
— korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish;
— javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
— manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
— korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda aniqlangan holatlar haqida belgilangan tartibda xabar berish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida Markaziy laboratoriyada korrupsiyaga qarshi profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlarini muntazam davom ettirish belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
