- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Markaziy laboratoriyada etika va korrupsiyaga qarshi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Jamiyat Kuzatuv kengashining 2026-yil 27-yanvardagi 01-2026-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2026-yil uchun etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish ish rejasiga muvofiq Markaziy laboratoriyada navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ yuristi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim ishtirok etib, xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida korrupsiyaning oldini olish, xizmat odob-axloqi qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga kundalik ish faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy holatlar, ularning salbiy oqibatlari va bunday vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda tashkilotda ochiqlik va shaffoflik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
