1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Markaziy laboratoriya malaka tekshiruvi dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

6

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Markaziy laboratoriya “Qattiq foydali qazilmalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari: element tarkibi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan malaka tekshiruvi dasturi(laboratoriyalararo solishtirma sinovlar)da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mazkur dastur MSI №4.3/2025-1 raundi doirasida tashkil etildi. Dastur N.M. Fedorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot instituti (VIMS) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda ishtirokchi laboratoriyalar mineral xomashyo namunalarida elementlar miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlillarni amalga oshirdi. Tahlil natijalari xalqaro talablar asosida statistik usullar yordamida baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra, Markaziy laboratoriya tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalari ijobiy baholandi. Mazkur natija laboratoriyada qo‘llanilayotgan tahlil uslublarining ishonchliligi hamda mutaxassislarning yuqori malakasini ko‘rsatadi. Bu kabi dasturlarda muntazam ishtirok etish laboratoriya faoliyatida sifatni ta’minlash tizimining muhim qismi bo‘lib, xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablariga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Malaka tekshiruvi yakunlariga ko‘ra, Markaziy laboratoriyaga dastur ishtirokchisi sifatida rasmiy guvohnoma topshirildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar