- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida Navro‘z bayrami keng nishonlandi
Markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida joriy yilning 26–27-mart kunlari milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi, bahor nafasi va yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda korxona xodimlari faol ishtirok etib, bayramona kayfiyatni yanada ko‘tarishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tadbir doirasida turli madaniy chiqishlar, milliy urf-odat va an’analarni namoyon etuvchi sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, jamoaviylikni oshirish maqsadida qiziqarli tanlovlar va bellashuvlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, milliy taomlar tayyorlanib, ular orqali Navro‘zning o‘ziga xos fayzi va barakasi yana bir bor his etildi.
Bunday tadbirlar jamoa o‘rtasida ahillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
