1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

24

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

2026-yil 12-fevral kuni “Regional” markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan maʼrifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ekspeditsiya yuristi  tomonidan Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari, mahallalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda jamiyat taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar, huquqiy yangiliklar va ularning amaldagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.

Mazkur tadbir Davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning huquqiy ongi va faolligini oshirishga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar