- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi o‘quv seminari o‘tkazildi
Aksiyadorlik jamiyatida xodimlarni etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish ish rejasi ijrosi doirasida Moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar boshqarmasi, Ichki audit va monitoring nazorati bo‘limi, Buxgalteriya, G‘aznachilik, Loyiha-smeta hujjatlari va shartnomalar bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida 2026-yil “Favqulodda holat” deb e’lon qilingani, shuningdek, 2025-yil davomida aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida tuzilayotgan shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati seminar mavzusi sifatida tanlanib, uning mazmun-mohiyati batafsil yoritildi. Siyosatda belgilangan talablar, vazifalar hamda bo‘limlarning mas’uliyati tushuntirildi.
.jpg)
Seminar davomida xodimlarning mazkur siyosat talablariga rioya etish darajasi, amaldagi tartib-taomillarni to‘liq va to‘g‘ri bajarish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
