1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

21

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1155-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiya boshlig‘i Sh.E. Sirajov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida xodimlar bilan savol-javob va fikr almashildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar