1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

19

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonuni talablarini Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyatiga o‘z vaqtida va samarali joriy etish, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va unda belgilangan yangi talablar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda Jamiyatning Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F. Umarov hamda Yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, xodimlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda mas’uliyatni yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar