1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

19

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonuni talablarining Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyatiga o‘z vaqtida va samarali joriy etilishini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qonun talablariga rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar