- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati hamda Yuridik bo‘lim tomonidan aksiyadorlik jamiyatining yillik ish rejasiga muvofiq Energiya mexanika va Transport bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.


Seminar davomida ishtirokchilarga aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish nizomi, shuningdek yoqilg‘i-moylash materiallari sarfi va ularni tartibga solishga oid ichki meʼyoriy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan asosiy atamalar, korrupsiyaviy holatlar va ularning salbiy oqibatlari haqida maʼlumot berildi. Qonunchilik doirasida javobgarlik choralari va jazo turlari ham atroflicha yoritildi.
Seminarda hayotiy misollar orqali korrupsiyaning turli ko‘rinishlari ochib berilib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi alohida taʼkidlandi. Qatnashchilarga har bir fuqaro ushbu illatga qarshi kurashni avvalo oiladan, ish joyidan va kundalik faoliyatidan boshlashi zarurligi uqtirildi.
