- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Kokpatas uchastkasida zamonaviy elektr qidiruv stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi
4
Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi mutaxassislari tomonidan Kokpatas uchastkasida zamonaviy GDD IP Transmitters TX-4 elektr qidiruv stansiyasi amaliyotga joriy etildi.
.jpg)
.jpg)

Yangi uskuna yordamida 600 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda yuqori sifatli geoelektrik ma’lumotlar olindi. Bu esa avval foydalanilgan uskunalar imkoniyatiga nisbatan qariyb 4 barobar chuqurroq tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkonini berdi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Mazkur texnologiyaning joriy etilishi geologiya-qidiruv ishlarining aniqligi va samaradorligini oshirish, istiqbolli ma’danlashgan hududlarni aniqlash hamda zamonaviy geofizik tadqiqotlarni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
