- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Kimyogar xotirasiga ehtirom
23
2026-yil 28-iyul kuni geologiya tarmogʻi laboratoriya xizmatining kimyoviy yoʻnalishini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan fidoyi mutaxassis Lyudmila Mixaylovna Jabitskaya tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Markaziy laboratoriyada xotira tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda mehnat faxriylari va soha mutaxassislari ishtirok etib, Lyudmila Mixaylovna Jabitskayaning geologiya tizimidagi koʻp yillik samarali mehnati, kimyoviy tahlil usullarini takomillashtirishdagi xizmatlari, kasbiga sadoqati hamda yuksak insoniy fazilatlarini alohida eʼtirof etdilar.


Tadbir yakunida ishtirokchilar xotira palovi atrofida jam boʻlib, ustozning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
