- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Kasbim faxrim
Yodgorov Mirsalim Muhammadiyevich o‘zining uzoq yillik halol va samarali mehnati bilan geologiya sohasida munosib o‘rin egallagan fidoyi mutaxassislardan biridir. U faoliyati davomida geologiya-qidiruv ishlarida mas’uliyat bilan ishlab, yurtimiz tabiiy boyliklarini o‘rganish va boyitish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.


Mehnat yo‘lida u turli lavozimlarda ishlab, yuqori kasbiy mahorat va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi. Murakkab dala sharoitlarida olib borilgan izlanishlarda tashabbuskorligi va qat’iyati bilan jamoaga namuna bo‘ldi. O‘z bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga o‘rgatib, ularning malakali kadr bo‘lib yetishishiga ko‘maklashdi.
Mirsalim Muhammadiyevichning kasbiy faoliyati davomida namoyon etgan vijdoniyligi, intizomi va yuqori mas’uliyati jamoa tomonidan alohida qadrlanadi. U o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy tajribasi va soha rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan aksiyadorlik jamiyatida o‘z kasbining fidoyi xodimlaridan biri hisoblanadi.
