1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Kasbim — faxrim: geologiya sohasida fidoyilik va ko‘p yillik mehnat yo‘li

21

Har bir inson hayot yo‘lida qalbiga yaqin bo‘lgan kasbni tanlab, unga sadoqat bilan xizmat qiladi. Ana shunday fidoyilik va uzoq yillik mehnat namunasi sifatida Maksimenko Leonid Nikolaevichning faoliyati e’tiborga loyiqdir.

U 1973-yildan buyon geologiya sohasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida turli geologik tashkilotlarda ishlagan holda boy tajriba va mustahkam kasbiy bilimlarga ega bo‘ldi.

Faoliyati davomida u geolog, otryad boshlig‘i, bosh geolog va yetakchi geolog lavozimlarida ishlab, soha rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Keyingi yillarda esa turli geologik ekspeditsiya va korxonalar tizimida yetakchi geolog sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda u “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi ekspeditsiyada yetakchi geolog lavozimida mehnat qilmoqda.

Uning ko‘p yillik tajribasi, mehnatsevarligi va kasbiga sadoqati yosh mutaxassislar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda uning hayoti va faoliyati “Kasbim — faxrim” g‘oyasining yorqin ifodasidir.

Bo‘lishish

Foydali havolalar