- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Kasbiga sadoqat timsoli
Xursanova Nodira Norboboyevna uzoq yillardan buyon Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Geologik namunalarga ishlov berish va saqlash uchastkasida qariyb o‘ttiz yillik tajriba davomida u o‘z kasbiga sadoqat, mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashib samarali mehnat qilib kelmoqda.

Geologik namunalarga ishlov berish va ularni saqlash jarayoni yuqori aniqlik, tartib-intizom va e’tibor talab etadi. Chunki har bir namuna ortida katta ilmiy izlanish, dala sharoitidagi mashaqqatli mehnat va kelajakdagi muhim xulosalar mujassam. Nodira Norboboyevna o‘z vazifasini chuqur anglagan holda, namunalarning to‘g‘ri qayd etilishi, sifatli saqlanishi va tizimli ravishda tartibga solinishini ta’minlab kelmoqda. U nafaqat o‘z ishini puxta biladigan mutaxassis, balki jamoada hurmat qozongan, tajribasi bilan yosh xodimlarga o‘rnak bo‘la oladigan ustoz hamdir. Yillar davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari ekspeditsiya faoliyatining samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Mehnatsevarlik, halollik va kasbga fidoyilik Xursanova Nodira Norboboyevnaning asosiy fazilatlaridandir. Uning ko‘p yillik samarali faoliyati geologiya-qidiruv sohasidagi barqaror rivojlanish jarayonida muhim o‘rin tutadi.
