- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Karyera sari ilk qadam: “Business and Science” universitetda mehnat yarmarkasi
“Business and Science” universitetda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda geologiya va konchilik sohalaridagi yetakchi tashkilotlar ishtirok etib, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.


Yarmarka davomida bitiruvchi hamda yuqori kurs talabalari o‘z qiziqishlari doirasidagi korxonalar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


Xususan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ vakillari tomonidan kompaniya faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar uchun o‘z kasbiy yo‘nalishini aniq belgilash, kelajak rejalari ustida ishlash va nufuzli tashkilotlarda faoliyat boshlash sari muhim qadam bo‘ldi.
