- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Karotaj uchastkalari xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
14
Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida Uran, Qizilqum va Samarqand karotaj uchastkalari xodimlari ishtirokida ishlab chiqarish intizomi, mehnat xavfsizligi hamda geofizik asbob-uskunalarning saqlanishi bo'yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda karotaj asboblaridan to‘g‘ri foydalanish, avariya holatlarining oldini olish, uskunalarning texnik holatini nazorat qilish va yuzaga kelgan holatlar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarga mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomi talablariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatib o‘tildi.
Xavfsizlik va texnologik intizomga rioya etish geofizik tadqiqotlar sifatini ta’minlashning muhim omilidir.
