1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Karotaj stansiyasi bo'yicha mutaxassislar malaka oshirdi

275

Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasining karotaj partiyasi mutaxassislariga Robertson Geo kompaniyasidan xarid qilingan zamonaviy karotaj stansiyalari bo‘yicha nazariy o‘quv mashg‘ulotlar tashkil qilindi. 

Kurs davomida yangi uskunalarning texnik imkoniyatlari, ustun jihatlari va ularni ish jarayonida qo‘llash tartibi batafsil tushuntirildi. Mutaxassislar amaliy ko‘rsatmalar orqali texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Mazkur stansiyalar yaqin orada ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar