- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish davr talabi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati Diniy ishlar qoʻmitasi rahbari S.Boymurodov, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimi X.Saʼdullayev va Samarqand MGQE boshligʻi S.Nematullayev hamda ekspeditsiya xodimlari ishtirok etishdi. Yigʻilish davomida maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy - maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun - mohiyati va maqsad vazifalarini tushuntirdi. Islom dinidagi asosiy oqimlar, fiqhiy mazhablar, aqidaviy taʼlimotlar, hozirgi globallashuv va internet tarmoqlarining jadal rivojlangan davrida diniy ekstremizm va terrorizm, mutaassiblik, aqidaparastlikning gʻoyaviy ildizlarini chuqurroq anglash zarurligi hamda, Buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari va madaniyati rivojidagi yuksak oʻrni borasida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, markaziy ekspeditsiya boshligʻi S.Nematullayev muhokama qilinayotgan mavzuga oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Yigʻilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar atroflicha javob berishdi.
