1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Iqtisodiy faoliyatning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari

33

O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy boyliklar ulkan ahamiyatga ega. Mineral-xomashyo bazasi mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiya­tini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi ko‘plab omillar bilan chambarchas bog‘liq. Shu jihatdan «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati strategik ahamiyatga ega korxonalardan biri sifatida ajralib turadi. Korxonaning asosiy vazifasi – respublika hududida geo­logiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va foydali qazilma zaxiralarini aniqlashdan iborat.


So‘nggi yillarda Jamiyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. Bu eng avvalo quyidagi asosiy yo‘nalishlarning rivojlanishi bilan bog‘liq:

● Davlat buyurtmalari. Ular asosan O‘zbekiston hududidagi strategik geologiya-qidiruv loyihala­riga yo‘naltirilgan.
● Xususiy sektor buyurtmalari. Xususiy kompaniyalar uchun xomashyo va resurslarni izlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
● Xalqaro loyihalar. Xorijiy geologiya kompaniyalari bilan ham­korlikda amalga oshirilayotgan qo‘sh­ma loyihalar.


Moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda Kompaniya yangi uskunalar, geofizik qurilmalar va axborot texnologiyalarini joriy etmoqda. Shu bilan birga, geologik maʼlumotlarning elektron bazasi yaratildi va raqamlashtirish jarayoni boshlandi.

«O‘zbek geologiya qidiruv» AJning istiqbollari

Jamiyatning kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari ancha keng bo‘lib, quyidagilar ustuvor ahamiyat kasb etadi:
● Raqamlashtirish. Geologik maʼ­lumotlarni raqamli formatga o‘tkazish va onlayn platformalar orqali maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
● Xalqaro hamkorlik. Xorijiy geologiya kompaniyalari bilan qo‘sh­ma loyihalarni amalga oshirish.
● Taʼlim va kadrlar siyosati. Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yangi mutaxassislar tayyorlash.
● Metall tadqiqotlari. Oltin, mis, uran va boshqa strategik metallarni aniqlashga qaratilgan loyiha­larni rivojlantirish.


«O‘zbek geologiya qidiruv» AJ mam­lakatning mineral-xomashyo sa­lohiyatini aniqlash va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatning iqtisodiy faoliyati nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, balki O‘zbekistonni xalqaro geologiya xizmatlari bozoriga olib chiqishda ham katta ahamiyatga ega. Mavjud muammolarni hal etish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali Jamiyat o‘z iqtisodiy samaradorligini oshirishga erishmoqda.


«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati moliyaviy hiso­botni xalqaro moliyaviy hisobot standartlari – IFRS (MSFO) tizimiga o‘tkazish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Moliyaviy ko‘rsatkichlar xalqaro talablarga mos bo‘lib, har yili xalqaro auditorlik tashkilotlari – KPMG, PwC, EY tomonidan o‘tkaziladigan tashqi audit natijalari bo‘yicha ijobiy xulosalar olinmoqda. 2024 yil dekabr oyida S&P Global Ratings kompaniyasi tomonidan jamiyatga “B-” darajasidagi kredit reytingi berildi, bu esa uning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini namoyon etadi.


Jamiyatda moliyaviy boshqaruvda avtomatlashtirish va raqamlashti­rish jarayonlari muvaffaqiyatli joriy etildi. Xususan, buxgalteriya hisobi xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq «1S–Predpriyatiye 8.3» dasturiy mahsuloti asosida amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya va moliya bo‘limi xodimlari har yili IT va moliyaviy tahlil bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.


Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida IFRS, ACCA bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro geologiya tashkilotlari bilan hamkorlikda malaka oshirish dasturlari amalga oshirilmoqda. 2025 yilgi moliyaviy hisobotda jamiyat faoliyatiga oid barqaror rivojlanishni aks ettiruvchi yangi xalqaro standart – IFRS S1 qo‘lla­niladi. 2026 yilda esa iqlim bilan bog‘liq maʼlumotlarni ochib beruvchi IFRS S2 standartini joriy etish rejalashtirilgan. Bu standartlarni joriy etish bo‘yicha xalqaro auditorlik tashkiloti bilan maslahat­lashuv shartnomasi imzolangan.

Ruslan RADJAPOV,

Boshqaruv raisi o‘rinbosari, moliya, transformatsiya va xususiylashtirish
bo‘yicha direktor

Bo‘lishish

Foydali havolalar