- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Hurmatli va aziz ayollar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan siz, aziz ayollar o‘z mehnatingiz, mas’uliyatingiz va fidoyiligingiz bilan jamoamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Murakkab va mas’uliyatli geologiya sohasida samarali faoliyat yuritib, o‘z kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilayotganingiz tahsinga loyiqdir.
Sizlar nafaqat ish faoliyatingizda, balki oilada ham mehr, sabr-toqat va donolik timsoli bo‘lib, jamiyatimizda muhim o‘rin tutasiz. Sizlarning mehnatingiz, tashabbusingiz va g‘ayratingiz jamoamiz uchun doimo ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, ishlaringizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda omad hamisha yor bo‘lsin.
Hurmat bilan,
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ
Boshqaruv raisi Shamsiddin Alimov
