1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hurmatli geologiya sohasi xodimlari, soha faxriylari va aziz hamkasblar!

13

Sizlarni Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman. Mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiyotimiz barqarorligi hamda kelajak avlodlar farovonligi yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Geologiya sohasi — yer qa’ridagi boyliklarni o‘rganish, yangi konlarni kashf etish va mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz va boy tajribangiz tufayli yurtimiz tabiiy boyliklari aniqlanib, xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda.

Og‘ir tabiat sharoitlari, uzoq hududlarda olib boriladigan izlanishlarga qaramay, kasbingizga bo‘lgan sadoqat va mas’uliyat bilan mehnat qilayotganingiz tahsinga sazovordir. Ayniqsa, geologiya sohasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tajribali mutaxassislarimiz hamda izlanishlarga intilayotgan yosh geologlarimiz mamlakatimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha geologiya sohasi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi kashfiyotlar tilayman. Sizlarning zahmatli mehnatingiz doimo yuksak qadrlanib, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilaversin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 
Boshqaruv raisi Shamsiddin Alimov

Bo‘lishish

Foydali havolalar