- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Hurmatli davlat xizmatchilari!
Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, fuqarolarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv tizimini barpo etishda davlat xizmatchilarining o‘rni va hissasi beqiyosdir.
Mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va davlat organlari faoliyatining ochiqligi hamda natijadorligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy mahoratingiz tahsinga loyiq.
Davlat xizmati — bu yuksak ishonch, katta mas’uliyat va Vatanga sadoqat namunasi hisoblanadi.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ jamoasi
