- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Hududlarda bayram shukuhi davom etmoqda
28
Navroʻz va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi hamda uning dala ekspeditsiyalarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar jamoada hamjihatlik, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

.jpg)
Bayram davomida arqon tortish, besh tosh, argʻimchoq, tosh koʻtarish kabi xalq oʻyinlari tashkil etildi. Xotin-qizlar tomonidan milliy dasturxonlar bezatilib, barcha ishtirokchilar milliy liboslarda faol qatnashdilar.
Tadbirlar koʻtarinki ruh va iliq kayfiyatda oʻtdi.
.jpg)
