1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hisorda ko‘mir zaxiralarini oshirish uchun jadal ishlar olib borilmoqda

115

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Surxondaryo dala ekspeditsiyasi mutaxassislari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi O‘rikli uchastkasida ko‘mir zaxiralarini baholash ishlarini davom ettirmoqda. Ushbu ishlar yer osti va yer usti tog‘ lahmlari hamda burg‘ilash ishlari orqali amalga oshirilmoqda.

2025-yilda olib borilgan ishlar natijasida 6 ta sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘mir qatlamlari aniqlandi va o‘rtacha qalinligi 3,42 metr bo‘lgan 6,9 mln tonna ko‘mir zahirasi DZKga topshirildi. Loyiha yakuniga qadar O‘rikli uchastkasida ko‘mirning С1 + С2 toifadagi zaxira ko‘rsatkichlari 30 mln tonna dan oshirish rejalashtirilmoqda. Bu natija energetika resurslarini yanada barqaror ta’minlashga, sanoat va iqtisodiy rivojlanishga muhim hissa qo‘shadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar