1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

27

Joriy yilning 4-fevral kuni Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — bosh muhandis Deryagin Sergey ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, markaziy ekspeditsiya rahbari lavozimiga Qaxxorov Farxod Absalamovich, markaziy ekspeditsiya bosh muhandisi lavozimiga esa Yusupov Salohiddin Baxriddinovich tayinlandi. Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelgan Rayimqulov Eshquvat Toshpulatovichni mehnati e'tirof etilib, yangi vazifadagi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Yig‘ilish davomida ekspeditsiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, geologiya-qidiruv ishlarining sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar