1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi ob’ektlarida profilaktik tekshiruvlar natijalari muhokama qilindi

21

Doimiy harakatdagi komissiya tomonidan 2026-yil aprel oyida mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi hamda hayot faoliyati xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tekshiruvlar yakunlariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tekshiruvlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mas’ul xodimlarga aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, nazoratni kuchaytirish hamda mehnat va sanoat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish ob’ektlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni tizimli davom ettirish va xavfsizlik madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar