1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida yoshlar o‘rtasida intellektual musobaqalar o‘tkazildi

11

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2026-yilgi Yoshlar dasturi doirasida Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Yilning eng faol yosh geologi” va “Yilning eng faol yosh muhandis-texnik xodimi” tanlovlari bo‘yicha intellektual musobaqalar tashkil etildi.


Musobaqalar yosh xodimlarning kasbiy bilimlari, intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatini namoyon etish, shuningdek, ularni kasbiy rivojlanishga rag‘batlantirishga qaratildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1- va 2-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar jamiyat miqyosidagi keyingi bosqichda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yoshlar salohiyati — soha taraqqiyoti va kelajak yutuqlarining muhim poydevori!

Bo‘lishish

Foydali havolalar