1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Davlat dasturi targ‘iboti o‘tkazildi

12

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2026 yilga mo‘ljallangan ma’naviy–ma’rifiy ishlar reja-jadvali asosida Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi mehnat jamoasida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” Davlat dasturi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari — mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mahalla institutini mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekani ta’kidlanib, Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har bir xodimning faol ishtiroki zarurligi qayd etildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar