1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Hamkorlikda burg‘ilash ishlariga start berildi

142

Yurtimizda sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi bazasini kengaytirish va ishlab chiqarishni jadallashtirish maqsadida geologiya qidiruv sohasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, “O‘zbekiston TMK” AJ va “Mineral resurslar instituti” DM bilan hamkorlikda  Navoiy viloyati Tomdi tumani hududidagi texnogen chiqindilar havzasidan yo‘ldosh metallarni ajratib olish maqsadida Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining URB-5 AG markali 84-sonli burg'ilash uskunasi belgilangan nuqtaga qo'yilib, burg‘ilash ishlariga start berildi.

Hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida burg‘ilash ishlari olib boriladigan quduqlarning joylashuvi, loyiha chuqurliklari va umumiy olib boriladigan burg‘ilash ishlarining ko‘rsatkichlari kelishib olindi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar