1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

"Gerbim – faxrim" chellenji o'tkazildi

15

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Oʻzbek geologiya qidiruv AJ Markaziy laboratoriyasida "Gerbim – faxrim" chellenji tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi davlat ramzlariga hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, xodimlarda Vatanga sadoqat, milliy gʻurur hamda fuqarolik masʼuliyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Chellenj davomida laboratoriya jamoasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va unda aks etgan milliy qadriyatlar haqida fikr almashdi. Shuningdek, ishtirokchilar Davlat gerbi aks etgan ramzlar bilan suratga tushib, ushbu muqaddas timsolga bo‘lgan hurmat va faxr tuyg‘ularini ifoda etdilar.

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar jamoada vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, davlat ramzlariga hurmatni yuksaltirish va milliy qadriyatlarni keng targʻib etishga xizmat qiladi.

Davlat ramzlari – milliy gʻururimiz va faxrimiz timsolidir!

Bo‘lishish

Foydali havolalar