- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
GEOMIN-2026: Konferensiyadagi faol ishtirok e’tirof etildi
5
GEOMIN-2026 xalqaro konferensiyasi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi mutaxassislarini bir manzilda birlashtirib, o‘zaro tajriba almashishga katta imkoniyat yaratdi.
Tadbir davomida xodimlar geologiya-qidiruv jarayonlarida katta hajmli ma’lumotlar bazasi va 3D modellash ishlarida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda geofizik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan yangi uslublarni o‘rganishdi. Ma’lumki, sun’iy intellektni sohada joriy etish orqali geologiya qidiruv xarajatlarini kamaytirish va aniqlik darajasini oshirishga erishish mumkin.
Shuningdek, tadbir yakunida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamkorlikni rivojlantirishdagi roli va tadbir doirasidagi innovatsion namoyishlari uchun AQShning nufuzli Geofizik-qidiruvchilar jamiyati (SEG) prezidenti tomonidan sertifikat taqdim e’tildi. Xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tadbiq e’tish sohani yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
