1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

GEOMIN-2026: Geologiyani rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari

16

Joriy yilning 13-sentyabr kuni Toshkentda GEOMIN 2026 doirasida “Zamonaviy geologiya: siyosat, texnologiyalar, mintaqaviy tadqiqotlar va inson kapitali” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova ochib berdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Fransiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Qozog‘iston, Misr, Turkiya, AQSh va boshqa mamlakatlarning geologiya xizmatlari, ilmiy tashkilotlari hamda sohaviy idoralari rahbarlari va vakillari, shuningdek, xalqaro professional tashkilotlar ishtirok etishdi. Asosiy e’tibor sohani raqamli transformatsiya qilish va tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy usullariga qaratildi.


Geologik, geofizik va geokimyoviy ma’lumotlarni qayta ishlashda sun’iy intellektni qo‘llash, turli tadqiqot usullarini integratsiyalash, 3D-modellarni va digital twins yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar