- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Geologiya qidiruv samaradorligi oshmoqda: yangi baza tashkil etildi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Shimoliy Nurota dala ekspeditsiyasida Qoraquduq dala geologiya qidiruv bazasi tashkil etildi. Mazkur baza geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish hamda ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ekspeditsiyaning qurilish bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan dala sharoitida mehnat qilayotgan mutaxassislar uchun zarur infratuzilma yaratish maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, konteynerlar to‘liq ravishda ichki va tashqi tomondan ta’mirlanib, zamonaviy talablar asosida qayta jihozlandi.
Ta’mirlash jarayonida ishchi-xodimlar uchun qulay yotoqxona, oshxona hamda kiyinish xonalari tashkil etilib, ularning yashash sharoitlari sezilarli darajada yaxshilandi. Mazkur sharoitlar dala hududida samarali mehnat qilish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham olib borildi. “Men ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasida daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shildi.
Mazkur ishlar geologiya qidiruv faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, xodimlar uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
