1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologiya qidiruv ishlarida xalqaro hamkorlik

33

Bugungi kunda yirik konlar sirasiga kiritiladigan Miskon mis-porfir konida xalqaro standartlar asosida geologiya qidiruv ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu ishlarni xalqaro standartlarga muvofiq olib borish uchun DMT GmbH & Co.KG (Germaniya) xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda. 

Hamkorlik doirasida geologiya qidiruv ishlarida geotexnik bilimlarni mustahkamlash maqsadida Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Olmaliq dala ekspeditsiyasida geologlar uchun ikki kunlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Jarayon davomida o‘zaro bilimlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 

Shuningdek, xorijiy mutaxassislar Miskon konida olib borilayotgan burg‘ilash, namunalarni o‘rganish va resurslarni baholash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur ishlar konning sanoat salohiyatini oshirish hamda mamlakat mineral-xomashyo bazasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar