1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo'yicha tadbirlar tashkil etildi

54

2025-yilning oktyabr oyida Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida oʻquv-taktik mashqlari oʻtkazildi.

Xususan, Zarmitan dala ekspeditsiyasida "Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi boʻlimi bosh mutaxassisi hamda harbiylashgan kon-qutqaruv bo'limi ishtirokida yer osti kon lahimlaridagi avariyalarni bartaraf etish, jabrlanuvchilarni qutqarish boʻyicha amaliy harakatlar mashq qilindi.

Shuningdek, Shimoliy-Nurota dala ekspeditsiyasida Navoiy viloyati Nurota tumanining favqulodda vaziyatlar xizmatlari jalb etilib, shartli zilzila oqibatlarini bartaraf etish, xodimlarni evakuatsiya qilish, qutqaruv ishlarini tashkil etish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashqlar oʻtkazildi.

Mashqlar yuqori saviyada tashkil etilib, barcha boʻlinmalar muvofiqlashtirilgan, tezkor va mas’uliyatli harakatlari orqali haqiqiy favqulodda vaziyatlarda zarur choralarni koʻrishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar. Ushbu tadbirlar xodimlarning seysmik xavfsizlik sohasidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar