- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti talabalari Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida amaliyotni boshladi
2026-yil 24-iyun kuni Geologiya fanlari universitetining 2-bosqich talabalari Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "Quduqlarni burg‘ilash" fani bo‘yicha o‘quv-dala amaliyotini boshladi. Amaliyot 2026-yil 1-iyulga qadar davom etadi.
.jpg)

.jpg)
.jpg)
Amaliyotning birinchi kunida talabalarga ekspeditsiya faoliyati, geologiya-qidiruv ishlari hamda burg‘ilash jarayonlarida qo‘llaniladigan uskunalar va texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Kunning ikkinchi yarmida talabalar Energo-mexanika xizmati bo‘limi, kern saqlash ombori hamda Sharqiy-Qurama laboratoriya kompleksi faoliyati bilan tanishdilar.
Mazkur o‘quv-dala amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va geologiya-qidiruv sohasidagi amaliy tajribalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
