1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologiya fanlar universitetida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

25

Tadbirda geologiya va konchilik sohalaridagi yetakchi tashkilotlar ishtirok etdi. Yarmarkada universitetning bitiruvchi va yuqori kurs talabalari o'z qiziqishlari doirasidagi korxonalarning vakillari bilan bevosita muloqot qilish, amaliyot o'tash va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma'lumot olishdi.

"O'zbek geologiya qidiruv" AJ vakillari talabalarga kompaniya faoliyati, bo'sh ish o'rinlari va talabgorlarga qo'yiladigan talablar haqida batafsil ma'lumot berishdi. 

Mehnat yarmarkasi universitet talabalari uchun o'z kelajaklarini rejalashtirish va nufuzli korxonalarda ish bilan ta'minlanish yo'lida muhim qadam bo'ldi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar