- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sport inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy barkamollikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 6-fevral kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati hamda Geologiya fanlari universiteti jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham yuqori sport mahorati, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. Maydonda kechgan bahslar qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi, futbolchilarning chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy harakatlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi nafaqat sport musobaqasi, balki “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mutaxassislari hamda Geologiya fanlari universiteti talaba-yoshlarini birlashtirgan do‘stlik o‘yini bo‘ldi.
Yakunida har ikki jamoa a’zolari bir-birlarini munosib o‘yin bilan tabriklab, kelgusida ham shunday sport tadbirlarini an’anaviy tarzda o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar. Bunday uchrashuvlar jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
