1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Fuqarolar bilan onlayn muloqot bo'lib o'tdi

24

2026-yil 28-aprel kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifa orqali fuqarolar bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil va atroflicha javoblar berildi. Suhbat ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.

Shu bilan birga, geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning taklif va mulohazalari tinglandi hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan bunday ochiq muloqotlar muntazam ravishda tashkil etilib, fuqarolar bilan samarali aloqa o‘rnatish, shuningdek, soha faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar