1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Fidokorona xizmat munosib e’tirof etildi

27

Joriy yilning 15-iyun kuni geologiya sohasi rivojiga 45 yil davomida samarali mehnati bilan munosib hissa qo‘shib kelgan tajribali mutaxassis Arifov Uktam Kurbanovichni nafaqaga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hamkasblari va soha faxriylari Arifov Uktam Kurbanovichning ko‘p yillik mehnat faoliyati, geologik izlanishlar va tadqiqotlar rivojiga qo‘shgan hissasi, yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, jamoa a’zolari Arifov Uktam Kurbanovichga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va kelgusi hayotida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Bo‘lishish

Foydali havolalar