- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: Zarmitan dala ekspeditsiyasida o‘quv-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan keng qamrovli o‘quv-taktik mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar Zarmitan dala ekspeditsiyasi avtotransport xizmati hududida doimiy-harakatdagi komissiya ishtirokida o‘tkazilib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ishchi-xodimlarning to‘g‘ri va tezkor harakatlanish tartibi amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.




Tadbirda Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Shimoliy-G‘arbiy mintaqaviy inspeksiya boshqarmasi bosh mutaxassisi M.A. Shodmonov, Qo‘shrabot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, “NKMK” AJ, “Navoiuran” DK, JKB va NMS 12-yong‘in-qutqaruv qismi, Qo‘shrabot tumani tez yordam xizmati hamda 8-alohida kon-qutqaruv vzvodi qutqaruvchilari ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida:
shartli yong‘in holatida tezkor harakat qilish,
yong‘inni bartaraf etishda mehnatni muhofaza qilish talablari va shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etish,
jabrlanganlarni qutqarish va birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari amaliy tarzda mustahkamlandi.
Mazkur mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — ishchi-xodimlar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda davlat mulkini asrash bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tizimida bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
