- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PQ-310-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda korxonada favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi injener-texnik xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.




Mashg‘ulot Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Zarafshon shahar FVB malakali mutaxassislari hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor evakuatsiya, birinchi yordam ko‘rsatish hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalariga rioya etish, favqulodda holatlarning oldini olish va yuzaga kelgan vaziyatlarda tezkor hamda samarali harakat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
