- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ekspeditsiyalarda "Mas'uliyatli ota-onalik" mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi
15
"O'zbek geologiya qidiruv"AJ ekspeditsiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida "Mas'uliyatli ota-onalik" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida oilada sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda farzandlar uchun mehr-oqibat va e'tibor muhimligi haqida so'z yuritildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr almashib, mas'uliyatli ota-onalik jamiyatning barqaror rivojlanishi va barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biri ekani ta'kidlandi.

