1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Ekspeditsiyalarda kasb bayrami ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda

13

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasi va Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida Geologiya sohasi xodimlari kuni hamda ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir davomida chiroyli dasturxon yozilib, kuy-qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida bo'lib o'tgan tadbirda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi va Angren shahar hokimi so‘zga chiqib, soha vakillarini samimiy tabrikladilar.

Mazkur qutlug‘ sana munosabati bilan geologiya sohasiga ulkan hissa qo‘shgan mehnat faxriylari taklif etildi. Ular bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuv davomida sohaning bugungi yutuqlari va kelgusi rejalari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, geologiya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu eʼtiroflar jamoa aʼzolari uchun katta rag‘bat va yangi yutuqlarga ilhom bag‘ishladi. Bayramga korxonadan nafaqaga chiqqan nuroniy otaxonlar ham taklif etilib, ularga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. 

Tadbir doirasida bo‘limlar o‘rtasida bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar tanlovi tashkil etildi. Bayram jamoa birdamligi va hamjihatlikni yanada mustahkamladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar