- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ekspeditsiyada xodimlar sharoiti o‘rganildi
39
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I.Raximov Regional markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Qoraqalpoq dala ekspeditsiyasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy ahvoli, mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar jarayonida xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda mehnat kodeksi va yangi qabul qilingan jamoa shartnomasi bo‘yicha maʼlumotlar berilib, xodimlarni qiziqtirgan savollariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ekspeditsiyada ishlayotgan kam taʼminlangan xodimlar holidan xabar olindi.